Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman deputatlari tomonidan ta’lim muassasasidagi kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va kelajak rejalari muhokamasi
янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish-farovonlik va barqaror daromad manbai.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
Ekologik muvozanatni taʼminlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga taqdim etilgan navbatdagi Murojaatnoma mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim siyosiy-huquqiy hujjat bo‘ldi. Unda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi farovonligini oshirish, shuningdek, ekologik muvozanatni ta’minlash masalalari o‘zaro uyg‘unlikda yoritildi. 

Murojaatnomada atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ta’kidlandi. Xususan, yirik sanoat korxonalarida havoga chiqarilayotgan zararli moddalarni
keskin kamaytirish maqsadida zamonaviy tozalash inshootlari, filtrlar va ekologik monitoring stansiyalarini o‘rnatish uchun 100 million dollarlik kredit liniyasini ishga tushirish tashabbusi ilgari surildi. Bu choralar sanoat rivoji bilan birga aholi salomatligini himoya qilishga xizmat qiladi. 

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan ko‘mir va gazda isitiladigan issiqxonalar masalasiga ham alohida to‘xtaldi. Filtrsiz ko‘mirda ishlaydigan qozonxonalardan bosqichma-bosqich voz kechish, ularni poytaxt
atrofidan ko‘chirish hamda ekologik toza, markazlashgan isitish tizimlariga o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan muhim qadamdir. 

Shuningdek, Murojaatnomada ekologik toza qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etish masalalari ham o‘z ifodasini topdi. Kamida 200 gektar maydonga ega agroklasterlar tashkil etilishi, ularga qo‘shilishni istagan issiqxonalar uchun maxsus subsidiyalar ajratilishi qishloq xo‘jaligida barqaror va ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. 

Umuman olganda, Murojaatnoma O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi, ekologiya, iqtisodiyot va ijtimoiy farovonlikni uyg‘unlashtirgan muhim dasturiy hujjat bo‘ldi. Unda ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatimizning sog‘lom, xavfsiz va yashil kelajagini barpo etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

M.G‘oibnazarov
Zomin tuman Kengashi deputati