Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman deputatlari tomonidan ta’lim muassasasidagi kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va kelajak rejalari muhokamasi
янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish-farovonlik va barqaror daromad manbai.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
CHINOZ TUMANI. Deputatning navbatdagi o‘rganishi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sadirov Abdumajid "Chorvador" mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning holati o‘rganildi. Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi holati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3