Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish-farovonlik va barqaror daromad manbai.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi

 Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida sport sohasini
rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Mamlakatimizda
aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va
sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni tarbiyalab, ularni xalqaro arenalarga
olib chiqish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan
islohotlar nafaqat sport infratuzilmasini yaxshilamoqda, balki aholining sportga
bo‘lgan qiziqishini ham sezilarli darajada oshirmoqda.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi
PQ–5072-son “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 30 yanvardagi KQ–666-IV-son hamda
2024 yil 29 iyuldagi KQ–787-IV-son qarorlariga muvofiq, 2025 yilning birinchi va
ikkinchi bosqichlarida Quva tumanida jamoatchilik ovozi asosida g‘olib deb topilgan
loyihalarni amalga oshirish ishlari izchil davom etmoqda va yakunlanish arafasida.
 

Xalq deputatlari viloyat hamda Quva tuman Kengashi deputatlari
mazkur loyihalarning amalga oshirilish jarayonini joylarga chiqqan holda o‘rganmoqdalar.
Jumladan, deputatlar tumandagi Bolalik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Tashabbusli
byudjet” doirasida “Bunyodkor universal qurilish” MChJ tomonidan barpo etilgan usti
yopiq zamonaviy mini-stadionni foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdilar.
 

Marosimda so‘z olgan deputatlar tadbir ishtirokchilariga
mamlakatimizda, shu jumladan tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari
haqida ma’lumot berib, qishloq aholisini yangi mini-stadionning foydalanishga topshirilgani
bilan tabrikladilar. Shundan keyin deputatlar mahalla faollari bilan birgalikda
stadion atrofiga xayrli niyatlar ila manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
  

Slide 1 of 8