Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 7-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Chinoz tumani. FHDYO bo‘limi fuqarolar xizmatida

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Chinoz tumani Fuqarolik xolati dalolatnomalarini yozish bo‘limi o‘rganildi.

Tug‘ilganlikni qayd etish, yangi tug‘ilgan bolalarni rasmiy ro‘yxatga olish, qisqasi tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralish va boshqa holatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yuritish va tegishli idoralarga taqdim etish bilan shug‘ullanadi. Asosiy vazifalari tug‘ilganlikni qayd etish, yangi tug‘ilgan bolalarni rasmiy ro‘yxatga olish, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma berish, nikohni rasmiylashtirish, nikohni qayd etish, nikoh to‘g‘risida guvohnoma berish, nikohni bekor qilish haqida qayd qilish, vafotni qayd etish, vafot etgan shaxs haqida rasmiy qayd kiritish,vafot to‘g‘risida guvohnoma berish,ism, familiya va otasining ismini o‘zgartirish, shaxsning ismi, familiyasi yoki otasining ismini o‘zgartirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish, tegishli dalolatnomalarni qayta rasmiylashtirish, bolani farzandlikka olish yoki uning huquqiy holatini o‘zgartirishni qayd etish, farzandlikka olish, vasiylik va boshqa huquqiy holatlarni rasmiylashtirish, qayta dalolatnoma yoki guvohnoma berish, yo‘qolgan yoki buzilgan hujjatlarni qayta berishdan iborat.

Bo‘limda ikki nafar xodim ishlaydi. Bo‘lim mudirasi Shoxida Ukibayeva 25 yillik ish stajiga ega. Aziza Ibragimova 1 toifali inspektor. Ular bir kunda, ayniqsa xaftaning dushanba kunlari yuzga yaqin, oddiy kunlarda esa 60-70 nafar fuqarolarga xizmat ko‘rsatishadi.

Slide 1 of 5