Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UÇTEPA BOLALAR STOMATOLOGIYA KLINIKASINING KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
“VATAN” MAHALLASIDA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI AMALGA OŞIRILDI
янв.21
DEPUTATLAR TAŞABBUSI - 81-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ BÖYIÇA YANGI IMKONIYATLAR YARATILDI
янв.21
UÇTEPA BOLALAR STOMATOLOGIYA KLINIKASI FAOLIYATI VA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI QONUN IJROSI DOIRASIDA ÖRGANILDI
янв.21
“VATAN” SAYLOV OKRUGIDAGI 55-SONLI UYDA ZAMONAVIY LIFTLAR HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Deputat va yoşlar uçraşuvi - muloqot, taşabbus va yangi imkoniyatlar
янв.21
MAHALLIY KENGAŞ DEPUTATLARINING 24 BANDDAN IBORAT TAVSIYALARI ASOSIDA HUDUDDA ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
янв.21
Zamonaviy boşqaruv tizimi — taraqqiyot va samaradorlik garovi
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasida kun tartibidagi muhim masalalardan biri — Qo‘qon shahrida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ularni zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2027-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar uchun jami 1 551 ta ish o‘rnini zaxiraga qo‘yish belgilangan. Mazkur tashabbus aholining mehnat bozorida qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan qatlamlari uchun bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, ularning daromad manbalarini shakllantirish va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.

️Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari ijtimoiy ehtiyojmand toifalar kesimida taqsimlangan. Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 693 ta, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari uchun 467 ta, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun 282 ta ish o‘rni ajratilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun 63 ta, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar uchun 39 ta hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 7 ta ish o‘rni zaxiraga qo‘yilishi belgilangan.

Mazkur ish o‘rinlari davlat tashkilotlari hamda xodimlari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobidan shakllantiriladi. Korxona va tashkilotlar rahbarlari zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining kamida 25 foizini yil boshlanishidan oldin, qolgan qismini esa birinchi chorak davomida tayyor holga keltirishlari lozimligi qayd etildi. Bu talablar ish o‘rinlarining o‘z vaqtida tashkil etilishi va fuqarolarni ishga joylashtirish jarayonining tizimli yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3