Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z. Madaminova tomonidan 2-«Avg‘onbog‘» saylov okrugi hududidagi «Avg‘onbog‘» mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
️Uchrashuv davomida mahalla faollari va fuqarolarni qiziqtirgan bir qator masalalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, mahalladagi kommunal xizmatlar, jumladan, ichimlik suvi ta’minoti va elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
️Shuningdek, mahalla hududida bolalar uchun sport maydonchasini qurish masalasi ham ko‘tarildi. Ushbu taklif bolalarning sport bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qulay sharoit yaratish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan savol va murojaatlarga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A. Nosirov tomonidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi