Qarorda yarashtirish komissiyalari va boshqa komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Shuningdek, tumandagi idora va tashkilotlarda kiberjinoyatchilik, xususan, internet firibgarliklarining oldini olish, xodimlarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Kengashiga hisobot taqdim etish vazifalari belgilangan.