2026-yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra:
Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 43,8 foizga kamaygan.
Firibgarlik jinoyatlari 50 foizga qisqargan.
Yo‘l-transport hodisalari 53,3 foizga kamaygan.
Kiberjinoyatlar esa 59,4 foizga oshgan.
Tumandagi 43 ta mahallaning 38 tasi “yashil”, 4 tasi “sariq” va 1 tasi “qizil” toifaga kiritilgan.
Qarorda kiberjinoyatlarning oldini olish, videokuzatuv kameralarini o‘rnatishni kengaytirish, mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini izchil olib borish vazifalari belgilandi.
Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Avazmetovning hisoboti qoniqarli deb topildi.
Maqsad — Bog‘ot tumanida tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish.