Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UÇTEPA BOLALAR STOMATOLOGIYA KLINIKASINING KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
“VATAN” MAHALLASIDA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI AMALGA OŞIRILDI
янв.21
DEPUTATLAR TAŞABBUSI - 81-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ BÖYIÇA YANGI IMKONIYATLAR YARATILDI
янв.21
UÇTEPA BOLALAR STOMATOLOGIYA KLINIKASI FAOLIYATI VA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI QONUN IJROSI DOIRASIDA ÖRGANILDI
янв.21
“VATAN” SAYLOV OKRUGIDAGI 55-SONLI UYDA ZAMONAVIY LIFTLAR HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Deputat va yoşlar uçraşuvi - muloqot, taşabbus va yangi imkoniyatlar
янв.21
MAHALLIY KENGAŞ DEPUTATLARINING 24 BANDDAN IBORAT TAVSIYALARI ASOSIDA HUDUDDA ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
янв.21
Zamonaviy boşqaruv tizimi — taraqqiyot va samaradorlik garovi
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining qarori

 Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari

Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida tumanda:

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish — 925,5 mlrd so‘m (115,3 foiz);

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — 1,1 trln so‘m (102,9 foiz);

Qurilish ishlari — 473,1 mlrd so‘m (152,3 foiz);

Xizmatlar hajmi — 837,6 mlrd so‘m (121,4 foiz)ni tashkil etdi.

Mahallalar infratuzilmasi yaxshilanmoqda

“Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi 2 ta mahallaga 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, 21,8 km ichki yo‘lga shag‘al yotqizildi, 5,7 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 6,7 km elektr tarmog‘i va 2 ta transformator o‘rnatildi.

“Og‘ir” toifadagi 11 ta mahallaga 93 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Natijada 74 km yo‘l asfalt qilindi, 10 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 33,5 km elektr tarmog‘i va 14 ta transformator o‘rnatildi.

Bandlik va tadbirkorlik

Tuman hududida 183 ta yangi korxona tashkil etilib, 469 ta ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, 661 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, 462 nafar fuqaroning daromadi oshirildi.

Ta’lim va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash

2026-yilning 9 oyida 5 ta oilaviy va 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilib, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80,8 foizga yetkazildi.

IT Parkda 540 nafar xotin-qiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha o‘qitildi. Ularning 32 nafari frilans, dizayn, mobilografiya va SMM yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Kengash qarori bilan kelgusidagi vazifalar belgilandi

Deputatlar tomonidan tuman hokimi J.Nazarovning amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti qoniqarli deb topildi.

Qarorda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash, mahalliy budjet daromadlarini oshirish, investitsiya va infratuzilma loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, Kengashning doimiy komissiyalariga qaror ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish va natijalar yuzasidan Kengashga axborot kiritib borish tavsiya etildi.
Maqsad — iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish va Bog‘ot tumanini izchil rivojlantirish.