Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UÇTEPA BOLALAR STOMATOLOGIYA KLINIKASINING KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
“VATAN” MAHALLASIDA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI AMALGA OŞIRILDI
янв.21
DEPUTATLAR TAŞABBUSI - 81-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ BÖYIÇA YANGI IMKONIYATLAR YARATILDI
янв.21
UÇTEPA BOLALAR STOMATOLOGIYA KLINIKASI FAOLIYATI VA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI QONUN IJROSI DOIRASIDA ÖRGANILDI
янв.21
“VATAN” SAYLOV OKRUGIDAGI 55-SONLI UYDA ZAMONAVIY LIFTLAR HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Deputat va yoşlar uçraşuvi - muloqot, taşabbus va yangi imkoniyatlar
янв.21
MAHALLIY KENGAŞ DEPUTATLARINING 24 BANDDAN IBORAT TAVSIYALARI ASOSIDA HUDUDDA ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
янв.21
Zamonaviy boşqaruv tizimi — taraqqiyot va samaradorlik garovi
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
Kengash_faoliyati

#Deputat_faoliyati
#Doimiy_komissiya
#yoshlar_maslahat_guruhi
#162_qonun

“Yoshlar” BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Allamuratova tomonidan “Bektepa” mahallasidagi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🫥Uchrashuvning asosiy maqsadi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, bolalar huquqlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

🫥Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ–1180-sonli “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🫥Mazkur qonun bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq kafolatlar mustahkamlandi.

🫥Shuningdek, uchrashuvda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga befarq bo‘lmaslik, bolalarni turli tajovuzlardan himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda shubhali holatlar yuzasidan tegishli mas’ul idoralarga o‘z vaqtida murojaat qilish muhimligi tushuntirildi.

🫥Uchrashuv yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🫥Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2