Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA ÇIQIB ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA BOLALAR STOMATOLOGIYA KLINIKASINING KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
“VATAN” MAHALLASIDA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI AMALGA OŞIRILDI
янв.21
DEPUTATLAR TAŞABBUSI - 81-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ BÖYIÇA YANGI IMKONIYATLAR YARATILDI
янв.21
UÇTEPA BOLALAR STOMATOLOGIYA KLINIKASI FAOLIYATI VA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI QONUN IJROSI DOIRASIDA ÖRGANILDI
янв.21
“VATAN” SAYLOV OKRUGIDAGI 55-SONLI UYDA ZAMONAVIY LIFTLAR HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Deputat va yoşlar uçraşuvi - muloqot, taşabbus va yangi imkoniyatlar
янв.21
MAHALLIY KENGAŞ DEPUTATLARINING 24 BANDDAN IBORAT TAVSIYALARI ASOSIDA HUDUDDA ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
янв.21
Zamonaviy boşqaruv tizimi — taraqqiyot va samaradorlik garovi
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
“Yetimqum” mahallasida o'rganish ishlari olib borildi

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati #nazorat_tahlil #PQ_386_sonli_Qaror_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi

“Yetimqum” mahallasida o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B. Ochildiyevning saylov okrugi hududidagi “Yetimqum” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev hamda tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi xodimi ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ–386-sonli “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishish, belgilangan vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirish hamda mavjud masalalarni joyida o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida tuman markazidagi “Yetimqum” mahallasi hududidan o‘tuvchi R–100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektorni yopiq tizimga o‘tkazish natijasida hosil bo‘lgan yer maydonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mazkur hududdan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlarni ishga solish va yangi tadbirkorlik obyektlarini tashkil etish orqali mahallaning iqtisodiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududda qurilish ishlarining borishi, yer maydonidan oqilona foydalanish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish, hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish masalalari yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi. Amalga oshirilayotgan loyihalarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, hududda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, yangi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining ishga tushirilishi orqali aholi bandligini ta’minlash, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish va mahallaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu kabi loyihalarni amalga oshirishda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, qurilish va obodonlashtirish jarayonlarida sifat talablariga rioya etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shuningdek, Prezidentning PQ–386-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish hamda mavjud masalalarni deputatlik nazorati doirasida muntazam monitoring qilib borish belgilandi.

Mazkur o‘rganish hududni kompleks rivojlantirish, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, aholi bandligini oshirish va “Yetimqum” mahallasining obodligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ijrosini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6