Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
янв.21
XOJIOBOD MAHALLASIDA 197-SONLI MAKTABNING YANGI, ZAMONAVIY O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
TOSHKENT SHAHRIDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️TOSHKENT SHAHRIDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari filiali direktori Sh. Xamrayevga poytaxtdagi ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Jamila Shermuhammedova Toshkent shahridagi ijtimoiy soha obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha belgilangan rejalar va ularning bajarilish holati yuzasidan savol berdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishini inobatga olib, magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan qiziqdi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari filiali direktori Sh. Xamrayev mazkur masala yuzasidan 2026-yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni bayon etdi.

⚡️ Jumladan, kuz-qish mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan yuklama ortishini hisobga olgan holda, magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarni modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilgani qayd etildi. Vazirlar Mahkamasining 598-son qarori ijrosi doirasida 35 kV kuchlanishli 26,6 kilometr kabel elektr tarmoqlari modernizatsiya qilingani ma’lum qilindi.

♻️ Shuningdek, Toshkent shahrida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish doirasida 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlarida 144 ta quyosh paneli qurilmasi o‘rnatilgani, ularning umumiy quvvati 6,1 MVtni tashkil etgani bildirildi. Mazkur yo‘nalishda 160 ta qurilma o‘rnatish rejalashtirilgani, oktabr oyiga kelib 144 tasi bo‘yicha ishlar bajarilgani qayd etildi.

🏫 Ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy muassasalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish elektr energiyasi iste’molini optimallashtirish hamda tarmoqlarga tushadigan yuklamani kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📋 Muhokamada elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, podstansiyalarning barqaror ishlashini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1