Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “14-A.Ikromov” saylov okrugi deputati D.Xamraqulov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, xususan, sport infratuzilmasi, sport zalining holati, mavjud jihoz va inventarlarning foydalanishga yaroqliligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari hamda sport to‘garaklariga jalb etilishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

🔹 O‘rganish jarayonida maktabda sport zalining mavjudligi ijobiy holat sifatida baholandi. Biroq sport zalini zarur sport anjomlari va inventarlar bilan yetarli darajada ta’minlash lozimligi aniqlandi. Mavjud sport jihozlarining yetishmasligi o‘quvchilarning jismoniy mashg‘ulotlarni to‘laqonli tashkil etish imkoniyatlarini cheklayotgani qayd etildi.

🔹 Mazkur masalani hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda sport zalini zarur anjomlar bilan jihozlash, maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4