Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA

Aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish hamda fuqarolarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish madaniyat sohasidagi muhim vazifalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi axborot-kutubxona faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, N.Akbarova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov ishtirok etdilar.

Jarayonda axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondidan foydalanish imkoniyatlari, kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar hamda tegishli hujjatlarning yuritilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kutubxona xizmatlarining aholiga, xususan, yoshlar va bolalarga qulayligini ta’minlash, kitob fondini boyitish, zamonaviy axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda muassasada zarur sharoitlarni yaratish masalalari o‘rganish doirasida ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan mavjud sharoitlarni baholash bilan birga, axborot-kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish, kitobxonlar uchun qulay muhit yaratish va aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish madaniyat va axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratining uzviy qismi hisoblanadi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash va aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada yaxshilashdir.

Slide 1 of 7