Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tumanning “Pskom” mahallasida joylashgan 45-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida maktabda sport mashg‘ulotlarini tashkil etish holati, mavjud sport anjomlarining yetarliligi hamda sport zalining jismoniy tarbiya darslari va turli sport tadbirlarini o‘tkazish uchun tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

🔻O‘rganish jarayonida maktabdagi sport anjomlari bilan ta’minlash borasida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, sport zalining ichki qismi pardozlash ta’miriga muhtoj ekani qayd etildi. Ushbu holatlar o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlarini qulay sharoitlarda tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash lozimligini ko‘rsatadi.

🔻O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport zalida zarur pardozlash-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2