Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
Tibbiy tayanch punktida xizmat sifati o‘rganildi..........

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan “Qoronqul” oilaviy shifokorlik punktining tumanning “G‘azalkent” mahallasida joylashgan tibbiy tayanch punktida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tibbiy tayanch punktida aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va kasalliklarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Ma’lum qilinishicha, tibbiy tayanch punktida hamshira tomonidan aholiga tegishli tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar mavjud bo‘lib, aholi salomatligini saqlash va tibbiy ko‘makdan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga e’tibor qaratilgan.

🔻Shuningdek, mahallada patronaj xizmati yo‘lga qo‘yilgani, aholiga, jumladan, tibbiy ko‘mak va e’tibor talab etadigan fuqarolarga xizmat ko‘rsatib kelinayotgani qayd etildi. Patronaj xizmati yuzasidan mahalla aholisi bilan suhbatlashilganda, fuqarolar ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish bildirgan. O‘rganish jarayonida birlamchi tibbiy yordamning aholiga yaqin hududda tashkil etilishi, patronaj xizmatining samarali yo‘lga qo‘yilishi hamda fuqarolarning tibbiy xizmatlardan o‘z vaqtida foydalanishi muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

🔻Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va mahallada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish faoliyatini doimiy e’tiborda tutish deputatlik nazorati doirasidagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5