Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi I.Qunduzov tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda o‘z biznesini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi faoliyat yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida 12 ta mikrol loyiha ishga tushirilgan. Shundan 7 tasi yuridik shaxslar, 5 tasi esa jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan.

Shuningdek, fuqarolarning biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 260 million so‘mlik 15 ta kredit rasmiylashtirilgan. Ushbu moliyaviy ko‘mak tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan foydalanishga qaratilgan.

Aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida ham muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida 6 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan.

O‘rganish jarayonida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda o‘z biznesini boshlash istagidagi aholiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2