Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli K.Djumabayevaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, shuningdek, oilaviy nizolar va tazyiq hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi.

 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 3 586 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan davrida ishsiz bo‘lgan 24 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan. Bu boradagi ishlar ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish va daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarni himoya qilish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ehtiyojdan kelib chiqib, 14 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan. Bunday choralar xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va takroriy tazyiq holatlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3