Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
янв.21
XOJIOBOD MAHALLASIDA 197-SONLI MAKTABNING YANGI, ZAMONAVIY O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
O‘ZBEKISTON VA POKISTON O‘RTASIDAGI KELISHUVLAR IJROSI PARLAMENT NAZORATI TARTIBIDA MUHOKAMA QILINDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️O‘ZBEKISTON VA POKISTON O‘RTASIDAGI KELISHUVLAR IJROSI PARLAMENT NAZORATI TARTIBIDA MUHOKAMA QILINDI

🏛 Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi parlament nazorati tartibida muhokama qilindi. Mazkur majlisda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov hamda Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduxalimov ishtirok etdi.

📁 Majlis davomida investitsiyalar, sanoat va savdo, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati va geologiya, raqamli texnologiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, yengil sanoat, oziq-ovqat xavfsizligi, temir yo‘l transporti, farmatsevtika, ilm-fan hamda boshqa yo‘nalishlarga mas’ul vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari eshitildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi Elchixonasi vakili ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari yuzasidan ma’lumot berdi.

📋 Prezidentning 2026-yil 5–6-fevral kunlari Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 174-sonli qarori bilan tasdiqlangan tegishli “yo‘l xaritalari”dagi vazifalarning bajarilish holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Muhokamalarda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, ayrim vazifalar ijrosidagi kechikishlar, mas’ul ijrochilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurati hamda belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish bilan bog‘liq masalalarga tanqidiy e’tibor qaratildi.

🔺 Kelishuvlar ijrosini faqat taqdim etilgan hisobotlar bilan emas, balki erishilgan aniq iqtisodiy natijalar, yangi investitsiya loyihalari, savdo hajmining oshishi, qo‘shma korxonalar va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi kabi amaliy ko‘rsatkichlar asosida baholash muhimligi ta’kidlandi.

🤝 Shuningdek, Pokiston tomoni bilan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni aniq shakllantirish, ularni parlamentlararo muloqot doirasida muhokama qilish hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

✅ Muhokama yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va amaliy natijalar bilan bajarilishini ta’minlashga qaratilgan tegishli qaror qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10