Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz
янв.21
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI
янв.21
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANIDAGI OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
янв.21
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLAŞ - ÖRIKZOR SAVDO MARKAZI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
24-oilaviy poliklinika faoliyati deputat tomonidan örganildi
янв.21
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY KUZATUV TIZIMLARI — FARXOD DEHQON BOZORIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
янв.21
XOJIOBOD MAHALLASIDA 197-SONLI MAKTABNING YANGI, ZAMONAVIY O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
MARKAZIY DEHQON BOZORIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI VA ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🛒 MARKAZIY DEHQON BOZORIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI VA ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
📌 Aholi farovonligi, iste’mol bozoridagi barqarorlik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholining kundalik ehtiyojlari va manfaatlariga daxldor masalalarni o‘rganish maqsadida Markaziy dehqon bozorida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.
📌Nazorat tadbiri davomida, avvalo, bozorda aholiga taklif etilayotgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, narxlar barqarorligi hamda mahsulotlarning xaridorlarga maqbul va qulay narxlarda taklif etilishi holatiga e’tibor qaratildi. Jumladan, go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarning amaldagi narxlari o‘rganildi.
📌 Shuningdek, “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” faoliyati ham nazoratdan o‘tkazilib, unda aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda va qulay narxlarda taklif etilishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bunday yarmarkalarning samarali tashkil etilishi aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, xarid qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash va kundalik xarajatlarini kamaytirishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosini kuzatib borish hamda aholining xarid qilish imkoniyatlarini inobatga olish fuqarolar manfaatlarini himoya qilishning muhim shartlaridan biridir. Shu bois bozorlarda savdo jarayonlarini o‘rganish, mahsulotlar narxlariga e’tibor qaratish va aholiga yaratilgan sharoitlarni baholash jamoatchilik nazoratining dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi.
📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi manfaatlarini ta’minlash, dolzarb masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga jamoatchilik e’tiborini qaratishdir. Shu nuqtayi nazardan, Markaziy dehqon bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbiri tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlarning bir qismi hisoblanadi.
🌱 Aholi dasturxonining to‘kinligi, iste’mol bozoridagi barqarorlik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik hamda jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6