Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari o‘tkazilgan “FIRST Global Challenge — 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi hamda 637 ball bilan musobaqa rekordini o‘rnatdi.

🏆Ushbu yuksak natija mamlakatimiz yoshlarining ilm-fan, muhandislik, robototexnika va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.

👤Mazkur yutuqlar munosabati bilan tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati B. Mahkamov ham ishtirok etdi.

⚖️QONUN IJROSI — YOSHLAR SALOHIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH, shuningdek, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun, O‘RQ-576-son, 2019-yil 29-oktyabr ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

⭐️Yoshlarning ilm-fan va texnologiyalardagi har bir g‘alabasi — Yangi O‘zbekistonning ilmiy va innovatsion kelajagi uchun muhim qadamdir!

Slide 1 of 3