Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

9-sonli DMTTda ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputat G.Islamova hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-sonli qarori asosida Ahillik mahallasi hududida joylashgan 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanmaganligi aniqlandi. Jumladan, elektr-montaj va santexnika ishlari oxiriga yetkazilmagan, bolalar maydonchasini obodonlashtirish ishlari yakunlanmagan hamda kanalizatsiya tizimini ta’mirlash ishlari to‘liq bajarilmagan.

Mas’ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3