Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

📌 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 23-Darband saylov okrugidan saylangan deputati Mahamadinova Sayohat Sobirovna tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari bilan birgalikda o‘z saylov okrugidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.

🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish holati hamda muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

❄️ Shuningdek, sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash, isitish tizimlarining sozligi hamda mavsumni muammosiz o‘tkazishga qaratilgan tayyorgarlik ishlariga e’tibor qaratildi.

🤝 Bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi mavjud holatni baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va bolalar uchun munosib sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1