Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
XALQARO TAJRIBA — YANGI TADBIRKORLAR UCHUN MUHIM IMKONIYAT

  📍 Chilonzor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va biznes sirlarini o‘rgatishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Germaniyaning jahonga mashhur HUGO BOSS kompaniyasi vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, biznes boshlashni rejalashtirayotgan hamda o‘z faoliyatini endigina yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida biznes yuritish, samarali boshqaruv, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va xalqaro tajribadan foydalanish kabi muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratilmoqda.
🤝 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna ham ushbu tashabbusni amalga oshirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
🎯 Tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — yangi biznes boshlayotgan fuqarolarga tajribali mutaxassislarning bilimlarini yetkazish, ularning tadbirkorlik salohiyatini oshirish hamda kelgusida o‘z bizneslarini muvaffaqiyatli rivojlantirishlariga ko‘maklashish.
Tajriba almashinuvi — yangi g‘oyalar, yangi imkoniyatlar va barqaror biznes sari muhim qadam!

Slide 1 of 1