Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
Huquqiy masalalar yuzasidan fuqarolar fikri o‘rganildi

 Huquqiy masalalar yuzasidan fuqarolar fikri o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti” yuzasidan Maroqanda mahallasi fuqarolari bilan suhbatlashdi.
🗣 Suhbat davomida fuqarolarning huquqiy savodxonligi, huquqiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi, davlat organlariga murojaat qilish tartibi hamda aholini qiynayotgan huquqiy masalalar yuzasidan fikr va takliflari o‘rganildi.
🔎 Shuningdek, fuqarolarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini bilish, murojaatlarni belgilangan tartibda yo‘llash hamda huquqiy masalalarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
📌 Fuqarolar bilan bunday uchrashuvlar sessiyada ko‘rib chiqilayotgan masalalarni joylardagi real holat va aholi fikri bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.