Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligi deputatlik nazorati asosida o‘rganiladi

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligi deputatlik nazorati asosida o‘rganiladi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlar ijrosini tumanda o‘rganish yuzasidan qaror qabul qilindi.
📌 Mazkur qaror doirasida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi deputatlik nazorati tartibida o‘rganiladi.
🔎 O‘rganishlar davomida:
▪️ xizmat oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
▪️ tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik;
▪️ ovqatlanish sifati va belgilangan me’yorlarga rioya etilishi;
▪️ sanitariya-gigiyena holati;
▪️ binolar, yotoqxonalar, oshxona va tibbiy xonalarning texnik holati;
▪️ nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratilganligi;
▪️ xodimlarning malakasi va shtatlar bilan ta’minlanganlik holati;
▪️ xizmat oluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;
▪️ murojaatlar bilan ishlash holati;
▪️ byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalari o‘rganiladi.
👥 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi hamda o‘rganishlar davomida foydalanish uchun tegishli savolnoma ishlab chiqildi.
📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli takliflar kiritiladi hamda natijalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinadi.
📌 Deputatlik nazorati — aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishning muhim vositasidir