Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH

Tuman Kengashi deputati Ummatov Dilmurod tomonidan Pastki So‘loqli mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida mahalla hududida istiqomat qilayotgan fuqarolarning murojaatlari, ularni qiynab kelayotgan ijtimoiy, oilaviy va maishiy masalalar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turli masalalar yuzasidan murojatlarini tinglash, zarur hollarda tegishli tashkilotlar va mutasaddilar bilan hamkorlikda muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Har bir murojaatni joyiga chiqib o‘rganish, muammoning sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olish deputat va mahalla yettiligining o‘zaro hamkorligidagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida davom ettirilmoqda.