Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!
янв.21
DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
DEPUTATNING UCHINCHI CHORAKDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERILDI
янв.21
BEPUL DORI-DARMON TA’MINOTI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
SAN’AT FIDOYISIDAN XABAR OLINDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
#Buni_bilasizmi MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?

#Buni_bilasizmi
MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?

📌 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq, mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibi Kengash raisi, partiya guruhlari, doimiy komissiyalar hamda deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida shakllantiriladi.

Eng muhim va dolzarb masalalarni puxta tayyorlash maqsadida Kengash raisi tomonidan tegishli soha mutaxassislari va ekspertlar jalb etilgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin.
Ishchi guruh masalalarni tayyorlash jarayonida:
— saylovchilar;
— hokimlikning bo‘lim va boshqarmalari;
— korxona, tashkilot va muassasalar;
— nodavlat notijorat tashkilotlari;
— fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
fikr-mulohazalarini inobatga oladi.

Sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar dastlab tegishli doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiyalar tomonidan tayyorlangan qaror loyihalari, kun tartibi va boshqa hujjatlar Kengash raisi hamda Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.

Kun tartibi loyihasida har bir masalani ko‘rib chiqish navbati, masalani tayyorlash uchun mas’ul doimiy komissiya, ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruzachilar, shuningdek zarur boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

✅ Muhim: Sessiyaning kun tartibi mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.

📚 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktyabrdagi KQ-835-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti”.