Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
193-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!
янв.21
DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
DEPUTATNING UCHINCHI CHORAKDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERILDI
янв.21
BEPUL DORI-DARMON TA’MINOTI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
SAN’AT FIDOYISIDAN XABAR OLINDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
#Kengash_raisi_faolyati #Kunlik_ish_reja #Haftalik_ish_reja #24_tavsiya SPORT INFRATUZILMASI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Kengash_raisi_faolyati
#Kunlik_ish_reja
#Haftalik_ish_reja
#24_tavsiya

SPORT INFRATUZILMASI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA


Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo'zimurodov Abdusalom Javliyevich Angor tumani “Markaz” mahallasida deputatlik nazorati doirasida 24_tavsiya asosida o‘rganish olib borildi.Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sunatullo Uktamov ham ishtirok etdi.

O‘rganish davomida “Markaz” mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabi hududida “Ochiq budjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida barpo etilayotgan sun’iy qoplamali mini-futbol maydonining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, maktab hududida o‘quvchilar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun futbol maydoni atrofida yugurish yo‘lakchasi ham barpo etilayotgani qayd etildi.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli va samarali bajarilishini kuzatish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Slide 1 of 1