Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 18-Guliston saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan Guliston mahallasi hududida o‘rnatilgan SOS (tashvish) tugmasining ishlash holati amaliy tarzda tekshirildi.

Mahallalarda o‘rnatilayotgan SOS (tashvish) tugmalari O‘zbekiston bo‘ylab “Xavfsiz hudud – xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jinoyatchilikning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotgan zamonaviy texnik qo‘riqlash tizimlaridan biridir.

Mazkur tizim Prezidentning mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga oid qarorlari ijrosi doirasida, ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir yoki gavjum hududlarda faol joriy etilmoqda.

SOS tugmasining ishlash tartibiga ko‘ra, ko‘cha yoki mahalla hududida hujum, bezorilik yoki boshqa xavfli holat yuzaga kelganda fuqaro maxsus ustun yoki qurilmaga o‘rnatilgan tugmani bosish orqali tezkor yordam chaqiradi. Signal tegishli mas’ul xizmatlarga yetkazilib, belgilangan tartibda tezkor guruhning voqea joyiga yetib kelishi ta’minlanishi kerak.

🆘🆘Biroq Guliston mahallasida o‘tkazilgan amaliy tekshiruv davomida SOS tugmasi bosilganiga qaramay, yordam chaqirig‘i bo‘yicha hech qanday mas’ul xodim voqea joyiga yetib kelmadi. Deputat tomonidan tugma bosilganidan so‘ng 30 daqiqa davomida kutilgan bo‘lsa-da, chaqiruv joyiga hech kim kelmadi.

🔘 Patrul guruhlarining huquqbuzarlik to‘g‘risidagi xabar kelib tushganidan so‘ng 5 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borishi belgilangan. Mazkur holatda esa 30 daqiqa davomida hech qanday tezkor javob kuzatilmadi.

Ushbu holat fuqarolarning hayoti va xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli, SOS tugmasi bosilganda signalning qayerga va kimga kelib tushishi, uni qabul qiluvchi mas’ul xodim, chaqiruvga javob berishi lozim bo‘lgan xizmat va mas’ul shaxslar, shuningdek, belgilangan 5 daqiqalik yetib kelish muddati nima sababdan ta’minlanmagani yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlardan aniq ma’lumot va tushuntirish talab etiladi.

🔘Mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish, mas’ul shaxslarni aniqlash hamda tegishli choralarni ko‘rish maqsadida vakolatli tashkilotga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 3