Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI: TIRBANDLIK VA YTHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport oqimini tartibga solish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bugungi kunda eng muhim masalalardan biridir.
🇺🇿 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich tomonidan avtomobil yo‘llarida transport vositalari tirbandligi kuzatilayotgan hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarning oldini olish va ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holati o‘rganildi.
📌 O‘rganishlar davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish, transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga solish, shuningdek, avariya xavfi yuqori bo‘lgan nuqtalarda tegishli choralarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚧 Ta’kidlash joizki, Parkent tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yo‘llarning holatini yaxshilash, yo‘l belgilari va tegishli infratuzilma obyektlarini tartibga keltirish, tirbandliklarni kamaytirish hamda xavfli hududlarda YTHlarning oldini olishga qaratilgan amaliy choralar izchil davom ettirilmoqda.
🚸 Ayniqsa, aholi gavjum hududlar, chorrahalar, piyodalar harakati ko‘p bo‘lgan yo‘l qismlari hamda YTH sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan nuqtalarga e’tiborni kuchaytirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.
🛣 Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish bilan bir qatorda, haydovchilar va piyodalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, tezlik me’yorlariga amal qilish va har bir harakat ishtirokchisining mas’uliyatini kuchaytirish ham yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, xavfli yo‘l qismlarida mavjud muammolarni bartaraf etish hamda YTHlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
⚠️ Zero, yo‘llardagi xavfsizlik — faqat tegishli tashkilotlarning emas, balki har bir haydovchi va piyodaning umumiy mas’uliyatidir.
🛡 Maqsad — tirbandliklarni kamaytirish, YTHlarning oldini olish va Parkent yo‘llarida har bir fuqaroning xavfsiz harakatlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratish.
🚦 Xavfsiz yo‘l — xotirjam hayot garovi!

Slide 1 of 5