Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MAKTAB OSHXONALARIDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TALABA QIZLAR BILAN MAZMUNLI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
XURSHID MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Taqachi mahallasida yakuniga yetkazilmagan yo‘l qoplamasi masalasi o‘rganildi
QONUNLAR — DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI
 QONUNLAR — DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI

📚 Qonun hujjatlarini o‘rganish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Babayev Kamoliddin Sirojiddinovich tomonidan komissiya faoliyatiga tegishli qonun hujjatlarini o‘rganish, ularning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish hamda amaliyotda qo‘llanilishini tahlil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌 Deputatga biriktirilgan qonunlar:

🔹 “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun — 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son. Mazkur qonun iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi;

🔹 “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun — O‘RQ-764-son, 2022-yil 15-aprel. Qonun kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan;

🔹 “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonun — 2000-yil 26-maydagi 80-II-son. Qonunda fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalar, davlat organlarining vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda aholini muhofaza qilishning huquqiy asoslari belgilangan.

📊 Ushbu qonunlarni chuqur o‘rganish orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik talablarining ijrosini o‘rganish va mavjud masalalarni deputatlik nuqtayi nazaridan tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.

🤝 Doimiy komissiyaning muhim vazifalaridan biri — qonun hujjatlarida belgilangan talablarning hududda ijro etilishi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xavfsizlik masalalariga oid muammolarni o‘rganishdan iborat

⚖️ Qonunni bilish — huquqni himoya qilish, qonun ijrosini ta’minlash esa deputatlik nazoratining muhim mezonidir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 1