Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MAKTAB OSHXONALARIDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TALABA QIZLAR BILAN MAZMUNLI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
XURSHID MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Taqachi mahallasida yakuniga yetkazilmagan yo‘l qoplamasi masalasi o‘rganildi
янв.21
123-SONLI MAKTABDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI DASTLABKI TARZDA O‘RGANILDI
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“Tug‘onboshi” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani tegishli tartibda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, Parpashabof ko‘chasi 165/23-uyda istiqomat qiluvchi II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro M.Rasulova uyini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilgani, biroq hozirgi kunga qadar ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan o‘rganilib, masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish kelishib olindi.

Murojaatning ijrosi va ko‘tarilgan masalaning amaliy yechimi deputatlik nazoratiga olinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4