Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MAKTAB OSHXONALARIDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TALABA QIZLAR BILAN MAZMUNLI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
XURSHID MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Taqachi mahallasida yakuniga yetkazilmagan yo‘l qoplamasi masalasi o‘rganildi
янв.21
123-SONLI MAKTABDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI DASTLABKI TARZDA O‘RGANILDI
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“Tug‘onboshi” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug'onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi Z.Jo‘rayevaning faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish ishlarida Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J.Mirzayev va Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda “Tug‘onboshi” mahallasida:

️2 ta oila — kambag‘allik chegarasidagi oilalar;

️69 ta oila — kambag‘allik reyestridagi oilalar;

️32 ta oila — davlat ta’minotidagi oilalar hisoblanadi.

️Shuningdek, 24 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak xarid qilish uchun vaucherlar berilgan.

Mahallada 8 nafar I guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro hamda 10 nafar bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud oilalar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga ehtiyojidan kelib chiqib ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan, sentyabr oyida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga bepul ravishda:

4 ta nogironlar aravachasi;

1 ta qo‘ltiqtayoq;

1 ta ko‘zi ojizlar xassasi;

1 ta ovozli tonometr berilgan.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi, fuqarolarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga qonunchilikda belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5