Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MAKTAB OSHXONALARIDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TALABA QIZLAR BILAN MAZMUNLI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
XURSHID MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Taqachi mahallasida yakuniga yetkazilmagan yo‘l qoplamasi masalasi o‘rganildi
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich tomonidan hududda investitsiyalarni jalb etish, kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida hududdagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Investitsiyalarni samarali o‘zlashtirish, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishning muhim omillaridan biridir. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlarning amaliy natijadorligini o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqildi.
📌 O‘rganish jarayonida deputat  hududdagi tadbirkorlar bilan bevosita uchrashib, ular bilan ochiq muloqot qildi. Tadbirkorlarning faoliyati, duch kelayotgan muammolari, mavjud to‘siqlar va biznesni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflari tinglandi.
📌 Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va mavjud muammolarni hal etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Deputat tomonidan tadbirkorlar ko‘targan masalalarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, muammolarning qonuniy va amaliy yechimlarini topish muhimligi ta’kidlandi.
📌 O‘rganish yakunida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga ko’rsatmalar berildi. Aniqlangan masalalarning yechimi, mas’ul tashkilotlarning munosabati va amalga oshiriladigan ishlar deputat  tomonidan nazoratga olinishi belgilandi.
📌Investitsiya — yangi imkoniyatlar, tadbirkorlik — yangi ish o‘rinlari va barqaror daromad manbai. Shu nuqtayi nazardan, hududdagi biznes muhitini yaxshilash, investorlar va tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etishga ko‘maklashish borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.
🔥 Tadbirkor bilan ochiq muloqot — muammoni aniqlash, muammoni aniqlash esa uning yechimini topishning muhim qadamidir.

Slide 1 of 5