Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov hamda Hududiy saylov komissiyasi vakili N. Hamdamov ishtirokida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 Jarayonda tuman Kengashi deputatlari faoliyati, ularning yig‘ma jildlarini belgilangan tartibda yuritish, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

📋 Kengash va doimiy komissiyalarning tasdiqlangan ish rejalari ijrosi, sessiyalar kun tartibiga kiritiladigan masalalarni sifatli tayyorlash, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobot hamda axborotlarini eshitish, qabul qilingan Kengash qarorlari ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗳 Hududiy saylov komissiyasi vakili N. Hamdamov bilan birgalikda deputatlarning saylov okruglari bilan bog‘liq faoliyatini tashkil etish, tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, saylov okruglarida saylovchilar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda deputatlarning saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berish amaliyotiga oid masalalar muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni deputatlar tomonidan sessiyadan oldin o‘z saylov okruglarida tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda ko‘rib chiqish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan takliflarni Kengash kotibiyatiga taqdim etish amaliyotini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📨 Deputatlik so‘rovlarini mazmunli va asoslantirilgan holda rasmiylashtirish, ularda ko‘tarilgan masalalarning ijrosini yakuniga qadar nazorat qilib borish, javob xati olish bilan cheklanmasdan, muammoning amaliy yechimiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

📚 Deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha saylov okruglarida muntazam nazorat tadbirlarini olib borish, **“Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”**ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan muhim qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida tahlil qilish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🖥 Shu bilan birga, kotibiyat faoliyatida elektron ish yuritish tizimlaridan samarali foydalanish, kiruvchi va chiquvchi hujjatlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash, deputatlik so‘rovlari va boshqa xizmat hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

♻️ Kengash va deputatlar faoliyatini jamoatchilikka yetkazish masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlari, nazorat tadbirlari, deputatlik so‘rovlari va ular orqali erishilgan amaliy natijalarni ijtimoiy tarmoqlarda tezkor, aniq va tizimli yoritish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🤝 Yakunida Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, saylovchilar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish, ijro intizomini mustahkamlash va hududlarda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 2