Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz beshinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi

#doimiy_komissiya #ekspert_guruhlari

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz beshinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda:

✍️ "Uchtepa tumani sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida" Uchtepa tumani sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari A.Xasanovning hisoboti eshitilib, muhokama qilindi hamda atroflicha ko‘rib chiqildi.

🫥 Doimiy komissiya raisi Saodat Dusmuxamedova hamda doimiy komissiya a’zolari — I.Abdullayev hamda Z.Xaydarovalar hisobotni tinglab, tumanda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan savollar berdilar.

📈 Savol-javoblar jarayonida aholi o‘rtasida sanitariya madaniyatini oshirish, yuqumli va parazitar kasalliklarning profilaktikasini kuchaytirish, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitning sanitariya holatini yaxshilash hamda sanitariya me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

🕯 Shuningdek, tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalarida sanitariya talablariga rioya etilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov va U.Abilovlar ishtirok etdilar. Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

✅ Mazkur masala tumanda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4