Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish mahalladagi ijtimoiy xodimlarning muhim vazifalaridan biridir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan “Qizilsoy” MFY hududida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Sultonov Dilshodning ish faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, ularni tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish hamda muammolarini hal etishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📚 Ta’lim va bandlik yo‘nalishida:
🔹 Ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro ta’limga jalb etilib, bandligi ta’minlandi.
🏥 Tibbiy yordam yo‘nalishida:
🔹 1 nafar fuqaroga jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash bo‘yicha yordam ko‘rsatildi.
🔹 3 nafar fuqaro reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.
🛍 Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida:
🔹 10 nafar kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda boshqa eng zarur tovarlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha yordam ko‘rsatildi.
🏠 Yashash sharoitini yaxshilash yo‘nalishida:
🔹 2 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash, shu jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi fuqarolar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.
⏺ Ushbu ishlar mahallada ijtimoiy xodimning har bir murojaat va ehtiyojni manzilli o‘rganib, fuqarolarni zarur ijtimoiy ko‘mak bilan qamrab olishga qaratilgan faoliyatini ko‘rsatadi.
🟢 Inson qadri — e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshlanadi. Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish va munosib turmush sharoitini yaratishga ko‘maklashish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3