Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
VAZIYATLAR MARKAZIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR MUHOKAMA QILINDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #Hamkorlik_faoliyati #162_ta_eng_muhim_qonun

VAZIYATLAR MARKAZIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR MUHOKAMA QILINDI

🏢 2026-yil 5-oktabr kuni Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov rahbarligida hokimlikning Vaziyatlar markazida tuman mas’ullari, mahalla yettiligi vakillari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman hokimi B.Mamadjanov, Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov ishtirok etdi.

🕯 Unda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga manzilli va amaliy yechim topish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olish hamda ularning ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Xususan, Ibrat, Ko‘ksaroy, Foziltepa, Uchtepa, Ko‘hna Cho‘ponota kabi mahallalar raislari o‘z hududlarida fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar yuzasidan murojaat qilib, mavjud muammolar haqida ma’lumot berdilar.

💹 Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, kommunal soha rahbarlari, tegishli tashkilot va korxonalar mas’ullari, mahalla yettiligi vakillari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Mahalla raislari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga joyida aniqlik kiritilib, ayrim murojaatlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar taqdim etildi.

📝 Shuningdek, avvalgi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi ham tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, bajarilishi ortga surilayotgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🗂 Yig‘ilish davomida 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-445-son Qonun talablari asosida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga o‘z vaqtida va asoslantirilgan javob berish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish hamda ijro intizomini ta’minlash holati ham muhokama qilindi.

📈 Mazkur yig‘ilish orqali tumandagi 60 ta mahallada mavjud vaziyatni tezkor va sifatli nazorat qilish, mahalla hududlarida yuzaga kelayotgan muammolarni erta aniqlash, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni mas’ullar ishtirokida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

📈 Bunday tizimli yig‘ilishlar orqali har bir mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, mas’ullarni bir joyga jamlagan holda masalalarga tezkor yechim topish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni doimiy nazoratga olish orqali aniq va amaliy natijalarga erishish maqsad qilingan.

📁 Yig‘ilish yakunida mas’ullarga murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni belgilangan muddatlarda hal etish, ijro intizomini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarining ortga surilmasdan, amaliy natija bilan yakunlanishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5