O‘rganish davomida Bo‘ston MFY, Bo‘stonliq ko‘chasida joylashgan suv qudug‘ining ko‘p yillardan buyon nosoz holatda turgani ma’lum bo‘ldi. Aholi vakillari tomonidan mazkur quduqni qayta tiklash va ishga tushirishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
Murojaatda ta’kidlanganidek, ushbu suv qudug‘i qayta tiklanib, to‘liq ishga tushirilsa, 200 dan ortiq xonadonning tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyati yaratiladi. Bu esa aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishi hamda xonadonlar daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Mazkur murojaat yuzasidan mas’ullarga suv qudug‘ining texnik holatini o‘rganish, uni qayta tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.