35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-GULISTON SAYLOV OKRUGIDA HUDUD INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ELEKTR TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI VA MAKTAB ATROFI OBODONCHILIGI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
NAVBATDAGI MANZIL - 123-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI MANZIL - 109-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” O‘RGANISHI
янв.21
TASHABBUSLI BYUDJET DOIRASIDA 78-MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TASHABBUSLI BYUDJET - TA’LIM MUASSASALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
OG‘ZAKI MUROJAAT HAM E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK DOIRASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORATDA
Ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi

Ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova va bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy MFY Shifokorlar ko‘chasida ko‘cha boshisi N.Yuldasheva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ko‘chadagi mavjud muammolar va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida Shifokorlar ko‘chasida jami 70 ta xonadon mavjudligi, shundan atigi 24 ta xonadonda ichimlik suvi mavjud, qolgan 46 ta xonadonda esa ichimlik suvi ta’minoti yo‘qligi ma’lum qilindi. Mazkur holat ko‘cha aholisiga jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Ko‘cha boshisi N.Yuldasheva tomonidan ushbu muammoni ijobiy hal etish, xususan, ichimlik suvi ta’minoti mavjud bo‘lmagan xonadonlarga suv yetkazib berish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi. Deputatlar tomonidan murojaatni o‘rganish va tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda muammoni hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 3