35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OG‘ZAKI MUROJAAT HAM E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK DOIRASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORATDA
янв.21
Obodonlashtirish sohasidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida tanqidiy ko'rib chiqildi
янв.21
Kommunal sohadagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Byudjet komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama markazida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA: O‘TKIR MAHALLASIDAGI PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: TAQACHI MAHALLASIDAGI 123-SONLI MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TAQACHI MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
“Salomatlik maktabi” loyihasi doirasida

“Salomatlik maktabi” loyihasi doirasida

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D.J. Sattarova hamda O‘zbekiston XDP Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi O.O. Yusupova tomonidan tuman markaziy poliklinikasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, xususan, fuqarolarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari o‘rganildi.

Tashrif davomida aholining, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga qaratilgan tegishli qarorlar ijrosining tumandagi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tibbiy ko‘riklar va shifokorlar bilan muloqot

O‘rganish davomida ayollar maslahatxonasi va pediatriya xonalarida bo‘lib, yoshlar hamda xotin-qizlarning bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi, ularning sog‘lig‘i holatini baholash, kasalliklarni erta aniqlash va zarur tibbiy tavsiyalar berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shifokorlar — onkoginekolog Zebo­gul Qodirboyevna Ametova hamda pediatr Momojon Xasanova bilan suhbat davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, profilaktik ko‘riklarning samaradorligi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Qarorlar ijrosi o‘rganildi

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qarorida belgilangan onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid vazifalarning amaliy ijrosi tahlil qilindi. Homilador ayollar, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda kasalliklarni erta aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid qarori talablarining tumandagi ijrosi ham o‘rganildi. Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va ochiqligini oshirish, fuqarolar uchun qulayliklarni kengaytirish hamda tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida tibbiyot xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda tegishli qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi.

“Salomatlik maktabi” loyihasi doirasidagi bunday o‘rganishlar aholining tibbiy savodxonligini oshirish, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1