35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TASHABBUSLI BYUDJET - TA’LIM MUASSASALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
OG‘ZAKI MUROJAAT HAM E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK DOIRASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORATDA
янв.21
Obodonlashtirish sohasidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida tanqidiy ko'rib chiqildi
янв.21
Kommunal sohadagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Byudjet komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama markazida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA: O‘TKIR MAHALLASIDAGI PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: TAQACHI MAHALLASIDAGI 123-SONLI MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G'.Saitboyev tomonidan Otayurt mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Deputat G'. Saitboyev saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tinglab, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusida rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda aholi o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, xalq bilan doimiy muloqotni ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish deputatlik deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3