35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-GULISTON SAYLOV OKRUGIDA HUDUD INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ELEKTR TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI VA MAKTAB ATROFI OBODONCHILIGI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
NAVBATDAGI MANZIL - 123-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI MANZIL - 109-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” O‘RGANISHI
янв.21
TASHABBUSLI BYUDJET DOIRASIDA 78-MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TASHABBUSLI BYUDJET - TA’LIM MUASSASALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
OG‘ZAKI MUROJAAT HAM E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK DOIRASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORATDA
TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullaevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 18-Me’mor saylov okrugiga qarashli Humo mahallasida tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tadbirkorlarning faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar, ish o‘rinlari yaratish holati hamda faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

🤝 Tadbirkorlar bilan suhbat davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan muammolarni qonuniy asosda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️ Mazkur ishlar 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🏛 Tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolarini joyida o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 1