#19_1_modda
#Doimiy_komissiya_faoliyati
Yig‘ilish davomida 2026-yil I yarim yilligida byudjet daromadlari ijrosi hamda II yarim yillik uchun belgilangan daromadlarni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Xususan, I yarim yillik uchun belgilangan 41,6 mlrd so‘mlik byudjet daromadlari prognozi 49,8 mlrd so‘mga yoki 120 foizga, mahalliy byudjet daromadlari bo‘yicha 83,8 mlrd so‘mlik prognoz 97,7 mlrd so‘mga yoki 117 foizga bajarilgani qayd etildi.
Soliq turlari kesimida mol-mulk solig‘idan 9,2 mlrd so‘m, yer solig‘idan 31,8 mlrd so‘m, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan 0,4 mlrd so‘m hamda boshqa tushumlardan 1,3 mlrd so‘m mablag‘ tushumi ta’minlangani ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|