📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ibrohim Rasulov tomonidan “O‘rta Masjid” mahallasida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari hamda hududni obodonlashtirish va ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
🔎 Shuningdek, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.