35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Obodonlashtirish sohasidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida tanqidiy ko'rib chiqildi
янв.21
Kommunal sohadagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Byudjet komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama markazida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA: O‘TKIR MAHALLASIDAGI PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: TAQACHI MAHALLASIDAGI 123-SONLI MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TAQACHI MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
SHAFTOLIZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
#Deputat_nazorati

Deputat 2026-yilning 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining 19-Maydon saylov okrugi deputati N. Dushayev tomonidan o‘z saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan ko‘rilgan choralar, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi sessiyalarida qabul qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan olib borilgan deputatlik nazorati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

Uchrashuv yakunida deputat saylovchilar bilan muntazam muloqotni davom ettirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil olib borishini ta’kidladi.

Slide 1 of 2