35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Byudjet komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama markazida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA: O‘TKIR MAHALLASIDAGI PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: TAQACHI MAHALLASIDAGI 123-SONLI MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TAQACHI MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
SHAFTOLIZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
GAZ TA'MINOTI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tuman Kutubxona axborot-resurs markazida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarning bilim olishi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. X. Rahimov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, kitobxonlikni yanada keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, kutubxonada yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy adabiyotlar fondi va elektron axborot resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi. Ta’kidlanganidek, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobga mehr uyg‘otish va ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. 

Slide 1 of 5