35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GUZAR MAHALLASIDA GAZ TA’MINOTI VA “YOSHLAR MEHNAT GUZARI” LOYIHASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: KOMMUNAL TIZIMNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
GAZ TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
GUZAR MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BIRLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘KCHA-OQTEPA MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YO‘LLARDA XAVFSIZLIK — AHOLI TINCHLIGI: MUAMMOLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
KO‘KCHA OQTEPA MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
“Kattabog‘” mahallasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nazorat-tahlil ishlari olib borildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Kattabog‘” mahallasida bo‘lib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini amalga oshirdilar.

💬Jumladan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, oilalardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📚 Nazorat-tahlil jarayonida quyidagi qonun hujjatlari asosida tuzilgan savolnomalardan foydalanildi:
🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni — 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son;
🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni — 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son.
📋 Savolnomalar asosida o‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni aniqlash va ularga ko‘mak ko‘rsatish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda nizoli vaziyatlarning oldini olish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni tegishli tizimlar bilan hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash masalalari ham nazorat-tahlil nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.
⚖️ Alohida ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish faqatgina muammo yuzaga kelgandan keyin choralar ko‘rish bilan cheklanmasligi, balki mavjud muammolarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni talab etadi.
Shu nuqtayi nazardan, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatida murojaatlar bilan ishlash, muammoli oilalarni o‘rganish, xotin-qizlarga huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
📊 Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.
Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlar orqali mahallalarda qonun hujjatlarining amaliy ijrosi, mas’ul xodimlarning faoliyati va aholi bilan ishlash samaradorligini joyiga chiqqan holda baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
🤝 Deputatlik nazoratining bunday shakli — muammolarni faqat qog‘ozdagi ma’lumotlar asosida emas, balki bevosita mahalla hududiga chiqib, amaliy holatni o‘rganish orqali baholashga xizmat qiladi.