📌 Deputatlik so‘rovi yuborildi
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Asiya Kudayberganova tomonidan Zangiota tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅Deputatlik so‘roviga Zangiota tumanining Farobiy, M.M.Xorazmiy, Axilobod va Nazarbek mahallalari aholisidan kelib tushayotgan murojaatlar asos bo‘ldi.
✅Murojaatlarda so‘nggi oylarda hududda maishiy chiqindilarni olib chiqish tizimida jiddiy uzilishlar kuzatilayotgani, xususan, "Nurli yo‘l" MCHJ tomonidan chiqindilarni belgilangan grafik asosida va o‘z vaqtida olib ketilmayotgani natijasida aholi noroziligi ortib borayotgani qayd etilgan.
✅Deputatlik so‘rovida mazkur holatlarni atroflicha o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish so‘ralgan.